\"Barselona\" Kristian Romero transferini kuzatmoqda
"Barselona" "Tottenhem" himoyachisi Kristian Romero transferi bo‘yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Xabarlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi yozgi transfer oynasida London klubini tark etishga yaqin va kataloniyaliklar uning holatini nazorat qilib bormoqda.
Manbalarga ko‘ra, Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni istamoqda va "Barselona"ni ustuvor variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Biroq "Tottenhem" o‘z sardorini arzon narxda qo‘yib yubormoqchi emas va transfer uchun taxminan 60 million yevro talab qilmoqda.
Shu bilan birga, "Barselona" bu transferni amalga oshirishdan oldin himoya chizig‘idagi futbolchilardan birini sotishi kerak bo‘lishi mumkin. Moliyaviy cheklovlar sababli klub hozircha vaziyatni kuzatmoqda va rasmiy muzokaralarni boshlagani haqida ma'lumot yo‘q.