locale OZ

«Barselona» Kristensen bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

So‘nggi ikki mavsumda jarohatlar sababli u atigi 24 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barselona Kristensen bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi
Фото: Barcelona

Barselona o‘z rasmiy veb-saytida himoyachi Andreas Kristensen bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. 30 yoshli daniyalik futbolchi bilan yangi kelishuv 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
"Hamon ko‘k-anorrangda", — deyiladi klubning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Kristensen 2022 yil yozida Londondagi Chelsi klubidan ketgach, erkin agent sifatida Barselonaga o‘tgan edi. Kataloniya klubida to‘rt mavsum davomida himoyachi jami 98 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va uchta golli pas uzatdi. So‘nggi ikki mavsumda jarohatlar sababli u atigi 24 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Amaldagi shartnoma 2026 yilda tugayotgan edi, endi kelishuv yana ikki mavsumga uzaytirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting