locale OZ

«Barselona» Kasadoni «Al Hilol»ga sotish orqali Kanseluni jamoada saqlab qolmoqchi

Saudiyaliklar 22 yoshli futbolchiga boʻlgan qiziqishini hamon saqlab qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Kasadoni «Al Hilol»ga sotish orqali Kanseluni jamoada saqlab qolmoqchi
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Mark Kasado qanot himoyachisi Joau Kanseluning «Al Hilol»dan kataloniyaliklar safiga to‘liq o‘tishi borasidagi muzokaralarda asosiy figuraga aylanishi mumkin. Saudiya klubi 22 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini hamon saqlab qolmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, agar portugaliyalik himoyachi hozirgi o‘yin darajasini saqlab qolsa, «ko‘k-anorranglilar» qishda «Al Hilol»dan ijaraga olingan Kanseluni doimiy asosda sotib olishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham «blaugrana» safida qolishni istamoqda.

«Barselona» Kasadoni 20 million yevroga baholamoqda, «Al Hilol» esa Kanseluni 15 million yevroga sotishi mumkin.

Joriy mavsumda Kasado barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Kanselu esa «Barselona» safida 12 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting