locale OZ

\"Barselona\" Kasado bilan shartnomani uzaytiradi

Klub va futbolchi muzokaralarni boshlagan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" Kasado bilan shartnomani uzaytiradi
Photo: Getty Images

“Barselona” klubi yarim himoyachi Mark Kasado bilan amaldagi shartnomasini 2030 yilgacha uzaytiradi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida bu borada muzokaralar boshlangan. Mavsum oldi tayyorgarlik davri boshlanguniga qadar tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda u “Barselona” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. 21 yoshli futbolchining Transfermarkt portali tomonidan baholangan qiymati 30 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting