locale OZ

«Barselona» Kanselu bilan kelishuvga erishdi — Romano

Kataloniyaliklar portugaliyalik himoyachini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Kanselu bilan kelishuvga erishdi — Romano
FOTO: Getty Images

«Barselona» Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubida to‘p surayotgan portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bitim 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida amalga oshiriladi. «Barselona» ushbu ijara uchun «Al Hilol»ga 4 million yevro to‘laydi. Qayd etilishicha, futbolchi uchun «Inter» ham faol harakat qilgan, biroq Kanselu shaxsan «Barselona» variantini tanlashni qat’iy talab qilgan.

Avvalroq OAVda «neradzurrilar» Kanseluni qaytarish bo‘yicha kelishuvga yaqin bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq portugaliyalik futbolchi muzokaralarni to‘xtatib, kataloniyaliklar bilan kelishuvga ustuvorlik bergan.

31 yoshli Joau Kanselu 2024 yil yozidan buyon «Al Hilol» safida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Kanseluning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Kanselu avval ham «Inter» va «Barselona» klublari safida to‘p surgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting