“Barselona” Joau Kanselu transferini amalga oshirishiga ishonmoqda
“Barselona” Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi himoyachisi Joau Kanseluni yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar o‘z safiga qo‘shishga umid qilmoqda.
Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi “Al-Hilol” bilan transfer summasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar hozircha yakuniy kelishuvga erishmagan bo‘lsa-da, “Barselona” rahbariyati transfer muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda.
Kanseluning o‘zi ham faoliyatini faqat “Barselona”da davom ettirishni istayotgani va boshqa takliflarni ko‘rib chiqmayotgani aytilmoqda.
Portugaliyalik himoyachi avvalroq Kataloniya klubida ijara asosida o‘ynagan. U “Barselona” safida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma bergan.
Endi klublar transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishsa, Kanselu yana “Barselona” safiga qaytishi mumkin.