\"Barselona\" Joan Gamper kubogidagi raqibini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Barselona" o‘zining rasmiy saytida Joan Gamper kubogining 60-o‘yinidagi raqibini e'lon qildi.
Hans-Diter Flik jamoasi "Estadi Johan Kroyff" stadionida "Como"ga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o‘yin 10-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:00 da yangraydi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Como" o‘rtasidagi o‘yin yangilangan "Camp Nou"da o‘tishi kerak edi, ammo Kataloniya klubi kerakli litsenziyani qo‘lga kirita olmadi. Arenadagi ishlar hali davom etmoqda — to‘liq ochilish 2026-yilning yoziga rejalashtirilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor