locale OZ

«Barselona» Ispaniya Superkubogi rekordini oʻrnatdi

Kataloniyaliklar yarimfinalda «Atletik»ni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Ispaniya Superkubogi rekordini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Kecha Ispaniya Superkubogi yarimfinali doirasida «Barselona» va «Atletik» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahsda kataloniyaliklar 5:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, kataloniyaliklar Ispaniya Superkubogi tarixida rekord o‘rnatdi.

«Barselona» Superkubok yarimfinalining birinchi taymida to‘rtta gol urgan ilk jamoaga aylandi. Bungacha hech bir jamoa bunday natijani qayd etmagan, deya xabar beradi Opta.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi. Hal qiluvchi uchrashuv yakshanba kuni, 11 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklarning raqibi Madrid derbisida — «Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi bahsda g‘alaba qozongan jamoa bo‘ladi. Ikkinchi finalchi bugun, 8 yanvar kuni aniqlanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting