«Barselona» Ispaniya jamoalari oʻrtasida Chempionlar Ligasida antirekord oʻrnatdi
«Barselona» UEFA Chempionlar Ligasida Ispaniya jamoalari orasida antirekord qayd etdi. «Ko‘k-anorranglilar» Chempionlar Ligasida ketma-ket 15 ta o‘yindan buyon o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olmayotgan ilk Ispaniya klubiga aylandi. Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.
«Barselona» 2025 yilning aprel oyidan buyon Chempionlar Ligasining har bir o‘yinida kamida bitta gol o‘tkazib yubormoqda. Kataloniyaliklarning darvozasi daxlsiz qolgan so‘nggi uchrashuvi Dortmundning «Borussiya» klubi ustidan qozonilgan g‘alabaga (4:0) to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha «Barselona» musobaqaning chorak final bosqichida Madridning «Atletiko» klubiga imkoniyatni boy berib (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2), 2025/2026 yilgi mavsumdagi ishtirokini yakunladi.