«Barselona» hujumchisi Ferran Torres faoliyatini Fransiyada davom ettiradi
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «PSJ» klubi ispaniyalik hujumchi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
photo: gettyimages
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «PSJ» klubi ispaniyalik hujumchi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq parijliklar ispaniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgani xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Ferran Torres o‘tgan mavsum «Barselona» safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda 21 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor