locale OZ

\"Barselona\" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Vlahovich va Asllani variantlarini ko'rib chiqmoqda

Dushan Vlahovich ayni paytda erkin agent maqomida bo'lib, maosh borasida murosaga tayyor ekani aytilmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
"Barselona" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Vlahovich va Asllani variantlarini ko'rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

"Barselona" yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida bir nechta variant ustida ishlamoqda.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Kataloniya klubi asosiy transfer maqsadlaridan tashqari, serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich hamda germaniyalik yosh forvard Fisnik Asllanini ham kuzatib bormoqda. Bu futbolchilar Ferran Torres jamoani tark etgan taqdirda asosiy nomzodlardan biri bo'lishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Barselona"ning ustuvor maqsadi hamon hujumchi Xulian Alvaresni transfer qilish bo'lib qolmoqda. Biroq ushbu transfer amalga oshmasa yoki Ferran Torres ketadigan bo'lsa, klub Vlahovich yoki Asllani bo'yicha muzokaralarni jadallashtirishi mumkin.

Dushan Vlahovich ayni paytda erkin agent maqomida bo'lib, maosh borasida murosaga tayyor ekani aytilmoqda. Fisnik Asllani esa istiqbolli hujumchi sifatida "Barselona" rahbariyatining uzoq muddatli rejalari qatoridan joy olgan.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting