locale OZ

«Barselona» Holandni sotib olishga tayyor — manba

Hozirda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Holandni sotib olishga tayyor — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» sport qo‘mitasi a’zosi Joan Soler klubning transfer bozoridagi ulkan rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar moliyaviy jihatdan dunyoning eng yaxshi futbolchilarini sotib olish quvvatiga ega.

Cadena Ser nashriga bergan intervyusida Soler klubning moliyaviy holati tiklanayotganiga ishora qildi:

«Ha, biz Xulian Alvares yoki Erling Holand kabi yulduz futbolchilarni sotib olish imkoniyatiga egamiz. Besh yil davomida bunday transferlar o‘zini to‘liq oqlashi mumkin, «Barselona» byudjeti bunga tayyor».

Shu bilan birga, klub mutasaddisi moliyaviy intizom birinchi o‘rinda turishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub maoshlar tizimi bo‘yicha qat’iy chegarani belgilab olgan va undan oshib ketmaslikka harakat qiladi. «Barselona» futbolchilarni bozor narxida sotib olish bilan birga, ichki ish haqi tuzilmasini muvozanatda saqlashni maqsad qilgan.

Maʼlumot uchun, hozirda «ko‘k-anorranglilar» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting