locale OZ

«Barselona» Holandga ko'z tikdi

Futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Holandga ko'z tikdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" jamoasi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadigan Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Manchester City" hujumchisi Erling Holand bu rolga asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Kataloniya klubi 25 yoshli norvegiyalik futbolchini yuqori darajadagi faoliyatini yakunlash arafasida turgan 37 yoshli Levandovskining o‘rnini bosa oladigan uzoq muddatli hujumkor yetakchi sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Holand 2022 yildan buyon "City"da to‘p tepib keladi va "shaharliklar" uchun 151 o‘yinda 130 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting