\"Barselona\" himoyachisi jamoani tark etadi
Photo: Getty Images
Andreas Kristensen yozgi transfer oynasida “Barselona”ni tark etishga yaqin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, daniyalik himoyachi boshqa jamoaga o‘tishni muhokama qilmoqda. 29 yoshli futbolchiga “Milan” ham jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Daniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “ko‘k-anorranglilar” safida atigi 6 o‘yinda maydonga tushdi, mavsumning katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
Kristensening «Barselona» bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi qiymati 12 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist