«Barselona» Hansi Flik bilan shartnomani 18-may kuni uzaytiradi — manba
«Barselona» klubi dushanba kuni, ya’ni 18 may sanasida bosh murabbiy Hans-Diter Flik bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qiladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Yangi kelishuvga ko‘ra, mutaxassis jamoada 2028 yilning yoziga qadar qoladi va shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan edi.
E’tiborlisi, «Barselona» muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Hozirda klub 91 ochko bilan La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda; ikkinchi o‘rindagi Madridning «Real» klubi hisobida 77 ochko mavjud. Chempionat yakunlanishiga ikki tur qolgan bo‘lib, «ko‘k-anorranglilar» qolgan o‘yinlarni «Betis» (17 may) va «Valensiya» (23 may) jamoalariga qarshi o‘tkazishadi.