locale OZ

«Barselona» Gvardiolga ko‘z tikmoqda

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Gvardiolning narxi 70 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Gvardiolga ko‘z tikmoqda
ФОТО: Getty images

“Barselona” klubi “Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiolni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fernando Polo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik o‘yinchi klub short-listiga kiritilgan. Ammo bu yagona nomzod emas.

Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” ro‘yxatida “Inter” futbolchisi Alessandro Bastoni ham bor. Biroq italiyalik himoyachining transferi ehtimoldan yiroq deb baholanmoqda.

Hozirda klub munosib nomzodlarni izlash bilan ovora. Klub sport direktori Dekuning fikricha, himoyachilar jamoada raqobatni keltirib bera olishi kerak.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Gvardiolning narxi 70 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting