“Barselona” Grimaldoni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images
“Bayer” chap qanot himoyachisi Aleks Grimaldo faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Get German Football News Sky Sport xabariga ko'ra, “Barselona” klubi Aleks xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Leverkuzen klubi esa Grimaldoni 30-40 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.
E'tiborli tomoni shundaki, u “Barselona” yoshlarida tarbiya topgan va 2008-2016 yillarda klub tizimida o'ynagan. Joriy mavsum futbolchi Bundesligada 29 o'yinda 2 ta gol urdi 6 ta uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist