«Barselona» Girassi uchun da’vogar
Transfermarkt portali Girassini 40 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassi Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Ushbu transferdan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik shaxsan manfaatdor. Germaniyalik mutaxassis Girassi jamoada kelayotgan yozda ketishga yaqin turgan polshalik Robert Levandovskining o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.
Hujumchining "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Girassini 40 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda hujumchi Bundesligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist