locale OZ

Barselona Gehini sotib olmaydi

Moliyaviy talablar sabab kelishuv amalga oshmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barselona Gehini sotib olmaydi
ФОТО: Getty images

“Barselona” “Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gehini agentlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar ingliz futbolchisining moliyaviy shartlari borasida kelisha olmagan.

Qayd etilishicha, “Liverpul” va “Bavariya” Gehiga ancha foydaliroq shartnoma taklif qilishga tayyor.

Mark Gehi 2021 yil yozidan buyon “Kristal Pelas” safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalar doirasida jami 182 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting