Barselona Gehini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
“Kristal Pelas” klubi markaziy himoyachisi Mark Gehi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Cadena SER nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, ammo Mark uchun Angliyaning boshqa bir klubi “Liverpul” asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, “Barselona” bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik Gehini 2026 yil uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Sababi, futbolchining “Kristal Pelas” bilan shartnomasi mavsum yakunida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.