locale OZ

“Barselona” Gavining sog'lig'i haqida ma’lumot berdi

Ispaniyalik futbolchi “Elche”ga qarshi uchrashuvda o‘ng tizzasidan jarohat olib, tanaffusda almashtirilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Gavining sog'lig'i haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yarim himoyachisi Gaviga bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi. Ispaniyalik futbolchi “Elche”ga qarshi uchrashuvda o‘ng tizzasidan jarohat olib, tanaffusda almashtirilgandi.

Flikning so‘zlariga ko‘ra, Gavi hozir o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda. Murabbiy futbolchining holati dastlabki taxminlarga qaraganda yaxshiroq ekanini bildirib, uning to‘liq tiklanishi uchun yana biroz vaqt kerakligini ta’kidladi.

Keyinchalik “Barselona” futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganini rasman ma’lum qildi. Tekshiruvlar Gaviga jiddiy jarohat emas, balki o‘ng tizzasida lat yeyish tashxisi qo‘yilganini ko‘rsatgan. Klub futbolchining yaqin orada mashg‘ulotlarga qaytishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Gavi avval ham o‘ng tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. 2023-yilda uning xochsimon bog‘lami uzilgandi. Shu sababli futbolchining navbatdagi tizza jarohati dastlab jiddiy xavotir uyg‘otgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting