locale OZ

“Barselona” Gavi jarohati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Ispaniyalik futbolchi La Liga 1-turida “Elche”ga qarshi uchrashuvda o‘ng tizzasidan zarba olgan va birinchi bo‘lim yakunlanishidan oldin almashtirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Gavi jarohati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Gavi tizzasidan olgan jarohati jiddiy emasligini ma’lum qildi. Ispaniyalik futbolchi La Liga 1-turida “Elche”ga qarshi uchrashuvda o‘ng tizzasidan zarba olgan va birinchi bo‘lim yakunlanishidan oldin almashtirilgan.

Klub bayonotiga ko‘ra, 24-avgust kuni o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar Gavidagi jarohat oddiy lat yeyish ekanini tasdiqlagan. Shu sababli futbolchining uzoq muddatga safdan chiqishi kutilmayapti.

Gavi mazkur uchrashuvda o‘ng tizzasidan noqulaylik sezgani sabab maydonni tark etgan. Futbolchining aynan shu tizzasida avval jiddiy jarohat bo‘lgani bois uning holati “Barselona” muxlislarini xavotirga solgandi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” yangi mavsumning dastlabki turida “Elche”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Klub Gavi qisqa muddat ichida umumiy mashg‘ulotlarga qaytishini kutmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting