«Barselona» Garsiya bilan uzoq muddatli bitim imzolamoqchi
ФОТО: Getty images
"Barselona" va markaziy himoyachi Erik Garsiya o‘zaro shartnomani uzoq muddatga uzaytirishni istamoqda. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi ushbu mavsumda La Liganing dastlabki uchta o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha harakat boshlagan.
Erikning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 18 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda Garsiya "Barselona" safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist