locale OZ

«Barselona» futbolchilari oʻtgan mavsumdagi asosiy tamoyillarga qaytishni istashmoqda

Hansi Flik jamoa aʼzolari bilan «ochiqchasiga» muloqot qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» futbolchilari oʻtgan mavsumdagi asosiy tamoyillarga qaytishni istashmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa a’zolari bilan uzoq davom etgan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, futbolchilarning umumiy xulosalari nemis mutaxassisining fikrlari bilan bir joydan chiqdi. Tomonlar o‘tgan mavsumda mukammal ishlagan ba’zi taktik g‘oyalar joriy mavsumda amalga oshirish uchun ancha qiyinlashganini tan olishdi.

Flik va murabbiylar shtabi futbolchilarning fikrlaridan mamnun bo‘lishdi. O‘yinchilar o‘tgan mavsumdagi asosiy tamoyillarga qaytishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Shuningdek, so‘nggi bahslarda jamoaning eng asosiy quroli — yuqori va intensiv pressingdan biroz chekinganliklari xato bo‘lganini tasdiqlashdi.

Ushbu «ochiqchasiga muloqot» jamoa ichidagi muhitni sog‘lomlashtirish va g‘alabali seriyaga qaytish uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting