locale OZ

“Barselona” futbolchilari Ferran Torresdan norozi

Futbolchining “PSJ”ga ehtimoliy transferi jamoa ichida keskinlik keltirib chiqargani aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” futbolchilari Ferran Torresdan norozi
Foto: Getty Images

“Barselona” hujumchisi Ferran Torresning “PSJ”ga ehtimoliy transferi jamoa ichida keskinlik keltirib chiqargani aytilmoqda. 26 yoshli ispaniyalik futbolchi Fransiya klubining taklifiga rozilik bergan va transfer yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin.

Jurnalist Jerar Romero ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona”ning ayrim futbolchilari Torresning “PSJ” bilan yashirin ravishda kelishuvga erishganidan norozi bo‘lgan. Ular hujumchining jamoani tark etish ehtimoli haqida hech narsa aytmagani va bu jarayonni jamoadoshlaridan sir tutganini g‘alati qabul qilgan.

Shu sabab Ferran bilan ayrim jamoadoshlari o‘rtasida ma’lum darajada taranglik yuzaga kelgani ta’kidlanmoqda. Hozircha aynan qaysi futbolchilar undan norozi ekani ochiqlanmagan.

Manbada “Barselona” Ferran Torresning transferidan taxminan 55 million yevro ishlab olishi mumkinligi ham qayd etilgan. Hozircha transfer rasman e’lon qilinmagan, shu sabab bu ma’lumotlar transfer mish-mishlari sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting