“Barselona” Fransiya terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi Milanning “Inter” jamoasi yarim himoyachisi Andi Diufni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 23 yoshli fransiyalik futbolchiga Yevropaning bir qator grand klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda transferlar bo‘yicha insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari Diufni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Shuningdek, “Barselona” va PSJ ham Fransiya terma jamoasi a’zosining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Inter” rahbariyati yarim himoyachini 50–60 million yevro evaziga sotishga tayyor bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha futbolchining transferi yuzasidan rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Andi Diuf joriy mavsum Italiya A Seriyasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.