«Barselona» Fortni ijaraga olmoqchi
Фото: Getty Images
“Barselona” himoyachisi Ektor Fort faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marcа xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Vest Hem" 19 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Tomonlar transfer bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda va keyingi haftada kelishuvni yopishlari mumkin.
Qayd etilishicha, Ektor Fort mavsumdan keyin "Barselona"ga qaytish imkoniyati bilan ijaraga ketishni talab qilmoqda, hozir esa uning asosiy vazifasi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish.
O‘tgan mavsumda futbolchi La Ligada 17ta o‘yinda maydonga tushdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist