locale OZ

«Barselona» Fodenga qiziqib qoldi

Angliya klubi ham futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Fodenga qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Barselona" klubi 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Kataloniya klubi ingliz futbolchisini shu yozda, ya'ni uning "shaharliklar" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolganida sotib olishga umid qilmoqda.

Eslatma uchun, Foden 2025 yilning noyabr oyidan beri "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq hozirgacha tomonlar bir to'xtamga kela olgani yo'q.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting