“Barselona” Flikdan keyingi davr uchun Artetani ko‘rib chiqmoqda — manba
“Barselona” rahbariyati jamoaning kelajakdagi bosh murabbiyi sifatida Mikel Arteta nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniya klubi Hans-Diter Flikning faoliyatidan mamnun, biroq uzoq muddatli istiqbol uchun murabbiylar bozorini ham kuzatib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk’ga tayanib Euro-Football xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona”da Arteta kelajakda “Kamp Nou”ga qaytarilishi mumkin bo‘lgan mutaxassislardan biri sifatida baholanmoqda. 44 yoshli murabbiy ham avvalroq faoliyatining bir bosqichida Ispaniyaga qaytib, yirik klubni boshqarish istagini yashirmagan.
Arteta 2019-yil dekabridan buyon “Arsenal”ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda londonliklar uning qo‘l ostida Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi. Hozircha “Barselona” va Arteta o‘rtasida muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Arteta futbolchilik faoliyatining dastlabki bosqichida “Barselona” akademiyasida tahsil olgan. Flik esa kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirgan.