locale OZ

«Barselona» Flik qoʻl ostida toʻrtinchi sovrinini qoʻlga kiritdi

Kataloniyaliklar Superkubok finalida «Real»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Flik qoʻl ostida toʻrtinchi sovrinini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» Ispaniya Superkubogi–2026 finalida Madridning «Real» klubini 3:2 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba nemis mutaxassisi Hans-Diter Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar uchun to‘rtinchi trofey bo‘ldi.

Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» 2025 yil davomida uchta sovrinni qo‘lga kiritgandi — Ispaniya Superkubogi, mamlakat chempionati va Kubogi.

Qayd etish joiz, Superkubok va Kubok finallarida «Barselona» aynan «Real»ni mag‘lub etgan.

Hans-Diter Flik «Barselona» bosh murabbiyligiga 2024 yil yozida tayinlangan. Shu vaqt ichida jamoa barcha musobaqalarda 88 ta uchrashuv o‘tkazib, 66 g‘alaba qayd etdi, 9 bor durang o‘ynadi va 13 marta mag‘lub bo‘ldi. Flik boshqaruvidagi «Barselona»ning bir o‘yinga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ochko ko‘rsatkichi 2,35 ni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting