locale OZ

Barselona Flik bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda

Diario Sport nashrining Bild'ga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar 60 yoshli germaniyalik mutaxassisga yana bir yillik — 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan kelishuvni taklif qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barselona Flik bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda
photo: Google

Diario Sport nashrining Bild'ga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar 60 yoshli germaniyalik mutaxassisga yana bir yillik — 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan kelishuvni taklif qildi. Klub murabbiyning shartnoma muddati tugab borayotgan vaziyatda ishlashining oldini olishni istamoqda. Shuningdek, Barsa loyiha ichidagi barcha o‘zini qulay his qilishiga intilmoqda.

Sport direktori Deku murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish ustida ishlamoqda. Xansining agenti Pini Zaxavi allaqachon Joan Laporta bilan muhim uchrashuv o‘tkazdi, tomonlar shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.

Yangi bitim muddatining bir yil etib belgilanishi Flikning o‘zi uzoq muddatli shartnoma tuzishni xohlamayotgani bilan izohlanyapti.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting