“Barselona” Ferran Torresni sotishga tayyor
Bunga futbolchining PSJ qiziqishini “yaxshi belgi” deb atagani va kataloniyaliklar uni saqlab qolish uchun tezroq harakat qilishi kerakligini bildirgani sabab bo‘lgan.
Foto: Getty Images
“Barselona” rahbariyati hujumchi Ferran Torres bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bunga futbolchining PSJ qiziqishini “yaxshi belgi” deb atagani va kataloniyaliklar uni saqlab qolish uchun tezroq harakat qilishi kerakligini bildirgani sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, klub Torresning ushbu so‘zlarini uning jamoani tark etish istagiga ishora sifatida qabul qilgan. Endilikda “Barselona” 26 yoshli futbolchi uchun aniq takliflarni kutmoqda.
Hujumchining asosiy da’vogari sifatida PSJ ko‘rsatilmoqda. Torresning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan, shu bois kataloniyaliklar uni arzon narxda qo‘yib yubormoqchi emas.
Nasrullo Karimov
Jurnalist