“Barselona” Ferran Torresni PSJga sotishga tayyor
“Barselona” hujumchi Ferran Torresni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor. Sport.es ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Fransiyaning PSJ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Torresning o‘zi ham Kataloniya klubini tark etishga qaror qilgan va parijliklar bilan to‘rt yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Endilikda asosiy masala ikki klub o‘rtasidagi transfer summasini kelishib olish bo‘lib turibdi. “Barselona” Ferran Torres uchun 65 million yevro olishni istamoqda. PSJ esa bu summani yuqori deb hisoblab, transferning umumiy qiymatini bonuslar bilan birga taxminan 55 million yevro atrofida baholamoqda.
Shu bilan birga, “Barselona” muzokaralarda ma’lum darajada yon berishga tayyor ekani aytilmoqda. Bu esa tomonlarning yaqin kunlarda kelishuvga erishish ehtimolini oshiradi. Hozircha PSJ va Kataloniya klubi o‘rtasida yakuniy kelishuv imzolanmagan.
Manbaga ko‘ra, Torres o‘z kelajagini 13-avgustgacha hal qilishni istamoqda. Aynan shu kuni u “Barselona” qarorgohiga qaytishi kerak. Agar klublar shu vaqtgacha kelishuvga erishsa, ispaniyalik hujumchi Fransiyaga yo‘l olib, PSJ uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi mumkin.