locale OZ

«Barselona» Fermin Lopes boʻyicha APLdan foydali taklif oldi

Ispaniyalik futbolchi faoliyatini Premyer-ligada davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Fermin Lopes boʻyicha APLdan foydali taklif oldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachi Fermin Lopes bo‘yicha jozibador taklif oldi.

Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, «Sanderlend» kataloniyaliklarga 22 yoshli futbolchi uchun 70 million funt (80 million yevrodan ortiq) taklif qilgan. Moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan «ko'k-anorranglilar» hozirda ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda Fermin Lopes barcha musobaqalarda 19 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting