«Barselona» Espart bilan shartnomani uzaytirdi
Espart 2015-yilda kataloniyaliklar akademiyasiga qo‘shilgan.
Фото: Getty Images
«Barselona» Xavi Espart bilan shartnomani uzaytiradi.
«Ko‘k-anorranglilar» klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 19 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2030-yilgacha mo‘ljallanganini e’lon qildi. Hujjatlarni imzolash yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Espart 2015-yilda kataloniyaliklar akademiyasiga qo‘shilgan va 2026-yil mart oyida asosiy jamoa safida debyut qilgan.
Himoya va yarimhimoyada o‘ynay oladigan futbolchi bu mavsumda La Ligada 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va raqiblar darvozasiga 1 ta gol ham urdi.