locale OZ

«Barselona» Entoni Gordon uchun 70 million yevro taklif qildi — manba

Biroq transferga moliyaviy muammolar to‘sqinlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Entoni Gordon uchun 70 million yevro taklif qildi — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi «Nyukasl» hujumchisi Entoni Gordon uchun 70 million yevro taklif qildi. Bu haqda jurnalist Reshad Rahman ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bermoqda. Avvalroq, Kataloniya klubi ushbu ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralarda ancha ilgarilagani haqida maʼlum qilingan edi.

«Barselona» sport direktori Deku futbolchining vakillari bilan uchrashish uchun Londonga safar uyushtirdi. Qayd etilishicha, ushbu suhbat Gordonning pozitsiyasiga ijobiy tasir ko‘rsatgan va u faoliyatini «Barselona»da davom ettirish fikriga moyillik bildira boshlagan.

Biroq transfer yo‘lidagi asosiy to‘sqinlik futbolchining narxi bo‘lib turibdi — Angliya klubi Gordonni taxminan 75-90 million yevroga baholamoqda. Bu esa «Barselona»ning joriy moliyaviy modeli doirasidagi imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Bundan tashqari, vaziyatni kuzatib borayotgan boshqa Yevropa grandlari ham transfer bozorida jiddiy raqobat tug‘dirmoqda. Angliya milliy terma jamoasining 25 yoshli hujumchisiga «Bavariya» va «Liverpul» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Yakunlanayotgan mavsumda Gordon «Nyukasl» safida barcha turnirlar doirasida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali taqdim etgan malumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting