locale OZ

“Barselona” Dominik Livakovich transferini rasman e’lon qildi

Tomonlar o'rtasida 2030-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan to‘rt yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Dominik Livakovich transferini rasman e’lon qildi
Foto: Getty Images

“Barselona” Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovichni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Kataloniya klubi 31 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha “Fenerbahche” bilan kelishuvga erishgan.

Livakovich “Barselona” bilan 2030-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Xabarlarga ko‘ra, “Fenerbahche” transfer uchun bonuslar bilan birga 4 million yevrogacha mablag‘ olishi mumkin.

Xorvatiyalik darvozabon o‘tgan mavsumda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan. U sakkizta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ma’lumot uchun, Livakovich Xorvatiya terma jamoasi safida katta tajribaga ega bo‘lib, 2022-yilgi Jahon chempionatida jamoasining bronza medalini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting