locale OZ

Barselona direktorlar kengashida kelasi oyda \"Kamp Nou\" stadioniga qaytish taklifi ommalashmoqda

Barselona stadionidagi ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash kelasi yozga rejalashtirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Barselona direktorlar kengashida kelasi oyda "Kamp Nou" stadioniga qaytish taklifi ommalashmoqda
Photo: gettyimages

Ispaniyaning "Barselona" klubi direktorlar kengashida kelasi oyda "Kamp Nou" stadioniga qaytish taklifi ommalashmoqda. Bu haqda sport.es xabar bermoqda.

Jamoa shu oyning o‘zidayoq 27 ming muxlisni sig‘dira oladigan stadionni ochish imkonini beradigan litsenziyani qo‘lga kiritishi kerak, biroq rahbariyatning ko‘proq foyda olish istagi noyabr oyiga qadar yon tribunadagi ishlar yakunlanishini kutishiga olib kelishi mumkin. Bu holatda sport obyekti 45 ming muxlisni qabul qila oladi.

Qayd etilishicha, yaqinda "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tgan "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinga 50 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan. 18 oktyabr kuni "Jirona"ga qarshi o‘yinda "Kamp Nou"ga qaytish ehtimoli endi ko‘pchilik tomonidan klub budjetiga zarba sifatida baholanmoqda.

"Barselona" stadionidagi ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash kelasi yozga rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting