locale OZ

“Barselona” De Yongning jarohati uchun Ronald Kumanni ayblamoqda

Avvalroq Frenki de Yong tizzasidagi jarohat sabab to‘rt oygacha maydondan uzoqda qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” De Yongning jarohati uchun Ronald Kumanni ayblamoqda
Foto: Getty Images

“Barselona” rahbariyati yarim himoyachi Frenki de Yongning tizzasidagi jiddiy jarohat og‘irlashishida Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanning qarorlari muhim rol o‘ynagan deb hisoblamoqda. Bu haqda Marca nashriga tayanib xabar berildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar De Yong jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmaganiga qaramay, Niderlandiya terma jamoasi safida muntazam maydonga tushirilganidan norozi. Klub fikricha, aynan shu holat futbolchining tizzasidagi muammoning yanada kuchayishiga sabab bo‘lgan.

Avvalroq Frenki de Yong tizzasidagi jarohat sabab to‘rt oygacha maydondan uzoqda qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu holat “Barselona”ning yangi mavsum rejalari uchun jiddiy yo‘qotish sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronald Kuman 2020–2021-yillarda “Barselona” bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritgan. Hozirda esa u Niderlandiya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting