locale OZ

“Barselona” da’vosidan so‘ng Florentino Peres sudga chaqirildi

Tomonlar 25-noyabr kuni sudda yarashuv jarayonida ishtirok etadi.
“Barselona” da’vosidan so‘ng Florentino Peres sudga chaqirildi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “Barselona” tomonidan berilgan tuhmat haqidagi da’vo ortidan Madrid sudiga chaqirildi. Tomonlar 25-noyabr kuni sudda yarashuv jarayonida ishtirok etadi. Bu haqda sud manbalariga tayanib EFE agentligi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yarashuv majlisi 25-noyabr kuni soat 09:40 da Madrid sudining 1 va 2-sonli majlislar zalida o‘tkaziladi. Ushbu jarayon “Barselona” tomonidan Florentino Peresga nisbatan ehtimoliy tuhmat jinoyati bo‘yicha jinoiy shikoyat kiritilishidan oldingi majburiy bosqich hisoblanadi.

Mojaro Peresning 12-may kuni “Negreyra ishi” haqida bildirgan fikrlaridan keyin yuzaga kelgan. “Barselona” rahbariyatining fikricha, “Real” prezidenti klubni korrupsiya va hakamlarga ta’sir o‘tkazishda ayblab, uning obro‘siga putur yetkazgan. Kataloniya klubi iyun oyida sudga murojaat qilib, Peresdan o‘z bayonotlarini rad etishni talab qilgan. Agar yarashuvga erishilmasa, klub jinoiy shikoyat bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur jarayon “Negreyra ishi”ning o‘zi bo‘yicha sud hukmi emas. Gap aynan Florentino Peresning “Barselona” haqidagi ommaviy bayonotlari yuzasidan kelib chiqqan alohida huquqiy nizoda ketmoqda. Yarashuv bosqichida tomonlar kelishuvga erishmasa, masala keyinchalik jinoiy tartibda davom ettirilishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting