locale OZ

«Barselona» David Alaba vaziyatini kuzatmoqda

Alaba 2021 yildan 2026 yilgacha «Real» sharafini himoya qildi.
«Barselona» David Alaba vaziyatini kuzatmoqda
ФОТО: Getty images

«Barselona» erkin agent maqomidagi futbolchilarni tarkibiga qo‘shish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda va sobiq «Real» himoyachisi David Alabaning vaziyatini kuzatyapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 34 yoshli avstriyalik futbolchini «Bavariya»dagi faoliyatidan yaxshi taniydi. «Barselona» Alabaning universalligini yuqori baholamoqda — u markaziy himoyada ham, qanotda ham o‘ynay oladi.

Shu bilan birga, hozircha Alabaning Italiya klubiga o‘tishi ehtimoli yuqoriroq. Uning xizmatlariga «Roma» va «Lasio» ham qiziqish bildirmoqda.

Alaba 2021 yildan 2026 yilgacha «Real» sharafini himoya qildi. Bu davrda u barcha musobaqalarda 132 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etdi. O‘tgan yozda futbolchi erkin agentga aylandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting