locale OZ

“Barselona” Dani Olmoning transferi uchun 500 million yevro talab qilmoqda

Avvalroq kataloniyaliklar 80–90 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Barselona” Dani Olmoning transferi uchun 500 million yevro talab qilmoqda
Foto: Getty Images

Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachi Dani Olmoning kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan. Kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchini 80–90 million yevro evaziga sotish niyatida emas. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Myunxenning “Bavariya” klubi ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Biroq “Barselona” rahbariyati Olmoni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi. Shu sababli uning transferi faqat shartnomada belgilangan 500 million yevrolik tovon puli to‘langan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Avvalroq kataloniyaliklar 80–90 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta futbolchini sotish variantini rad etgan. Hozircha “Bavariya” tomonidan rasmiy taklif yuborilgani tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Dani Olmo 2024-yil yozida “Leypsig”dan “Barselona”ga transfer qilingan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting