«Barselona» Chempionlar Ligasining soʻnggi ikki mavsumida 44 ta gol oʻtkazib yubordi
UEFA Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvi doirasida «Atletiko» yarimhimoyachisi Ademola Lukmanning «Barselona» darvozasiga urgan goli kataloniyaliklar uchun so‘nggi ikki mavsumdagi 44-o‘tkazib yuborilgan to‘p bo‘ldi.
Uchrashuv Madriddagi «Sivitas Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. O‘yinni bosh hakam Kleman Tyurpen boshqarmoqda. Ayni daqiqalarda «ko‘k-anorranglilar» 2:1 hisobida oldinda bormoqda.
ESPN nashrining xabar berishicha, ushbu davr mobaynida Chempionlar Ligasining hech bir ishtirokchisi «Barselona»dan ko‘proq gol o‘tkazib yubormagan.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda «Atletiko» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Musobaqaning 1/8 final bosqichida «Barselona» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Nyukasl»ni 8:3 hisobida taslim etgan bo‘lsa, «matraschilar» xuddi shu bosqichda «Tottenhem»dan ustun kelishgan (umumiy hisob — 7:5).