locale OZ

«Barselona» Chempionlar Ligasida tarixiy antirekord oʻrnatdi

Hozirda kataloniyaliklar turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Chempionlar Ligasida tarixiy antirekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

OptaJose ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» UEFA Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor ketma-ket 10 ta o‘yinda gol o‘tkazib yubordi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida kataloniyaliklar safarda Praganing «Slaviya» jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etishdi. Shunga qaramay, ushbu bahsda ham «Barselona» o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi va natijada klub tarixidagi antirekord qayd etildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Barselona» 13 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. «Slaviya» esa 3 ochko bilan 34-pog‘onada joylashgan.

Umumiy bosqichning so‘nggi turida, 28 yanvar kuni «Barselona» «Kopengagen»ga qarshi maydonga tushadi. Pragaliklar esa xuddi shu sanada «Pafos» bilan o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining joriy mavsum final uchrashuvi Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahs 2026 yil 30 may kuni o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting