«Barselona» «Chelsi» yulduzini kuzatmoqda
26 yoshli portugaliyalik futbolchi yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
ФОТО: Getty images
"Barselona" jamoasi "Chelsi" yarim himoyachisi Pedro Netuni kuzatib bormoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi hujum qanotini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda va 26 yoshli portugaliyalik futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda. Hozircha masala faqat kuzatuv bosqichida bo'lib, tomonlar o'rtasida aniq muzokaralar boshlanmagan.
Pedro Netu 2024 yil yozida "Vulverhempton"dan "Chelsi"ga bonuslar bilan birga taxminan 60 million yevroga o'tgan edi.
APL ushbu mavsumida Pedru Netu "Chelsi" safida 28 o'yinda maydonga tushdi. Vinger 5 ta gol urib, 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist