«Barselona» «Chelsi» hujumchisini sotib olmoqchi
Uning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" futbolchisi Pedru Netu faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Fichajes nashri.
Manbada yozilishicha, agar Rafin'ya klubni tark etishga qaror qilsa, Netu uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan variantlardan biri hisoblanadi.
Portugal futbolchisining "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Uning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum London klubi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z nomiga yozdirib qo'ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist