locale OZ

«Barselona» bitta mamlakat milliy terma jamoasi safida 8 nafar futbolchisi ikki xil Jahon chempionati finaliga yetib kelgan yagona klubga aylandi

Mazkur ko‘rsatkich JCH-2026 finaliga yo‘llanma olgan Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi «Barselona» a’zolari evaziga qayd etildi.
«Barselona» bitta mamlakat milliy terma jamoasi safida 8 nafar futbolchisi ikki xil Jahon chempionati finaliga yetib kelgan yagona klubga aylandi
photo: gettyimages

Ispaniyaning «Barselona» klubi bitta mamlakat milliy terma jamoasi safida 8 nafar futbolchisi ikki xil Jahon chempionati finaliga yetib kelgan tarixdagi birinchi klub bo‘ldi.

Mazkur ko‘rsatkich JCH-2026 finaliga yo‘llanma olgan Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi «Barselona» a’zolari evaziga qayd etildi. Avvalroq, JCH-2010 musobaqasida ham kataloniyaliklarning 8 nafar ispaniyalik o‘yinchisi final bosqichiga qadar yetib borgan edi.

Har ikki chempionat finaliga yo‘llanma olgan «Barselona» futbolchilari ro‘yxati:

JCH-2010 (Janubiy Afrika): Karles Puyol, Jerar Pike, Serxio Buskets, Andres Inesta, Xavi, Viktor Valdes, Pedro va David Vilya.

JCH-2026 (AQSH, Kanada, Meksika): Lamin Yamal, Gavi, Pedri, Pau Kubarsi, Ferran Torres, Dani Olmo, Erik Garsiya va Joan Garsiya.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting