locale OZ

«Barselona» birinchi, «Real» ikkinchi — Top-5 ligalarda eng koʻp tarbiyalanuvchilarga ega klublar reytingi eʼlon qilindi

Kataloniyaliklar akademiyasi eng sermahsul deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» birinchi, «Real» ikkinchi — Top-5 ligalarda eng koʻp tarbiyalanuvchilarga ega klublar reytingi eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) Yevropaning top-5 ligalarida eng ko‘p tarbiyalangan futbolchilarga ega klublar reytingini e’lon qildi. Kuchli Yevropa chempionatlarida o‘z yetishtirgan o‘yinchilari bilan yetakchi bo‘lgan klublar — Ispaniyaning «Barselona» va «Real» jamoalari.

Kataloniyaliklar akademiyasining 40 nafar bitiruvchisi top-5 ligalarda jami 25 076 daqiqa o‘ynagan. Shulardan 10 nafari ayni paytda klub safida maydonga tushmoqda.

«Real» akademiyasidan 35 nafar futbolchi yetishib chiqqan bo‘lib, ulardan oltitasi asosiy jamoada o‘ynaydi. Reytingda kuchli uchlikni Fransiyaning «PSJ» klubi yakunlab turibdi (31 nafar bitiruvchi).

Top-5 ligalarga kirmaydigan yagona klub — «Ayaks». Amsterdam jamoasi reytingda beshinchi o‘rinni egallab, 27 nafar tarbiyalangan futbolchi bilan hisoblangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting