locale OZ

«Barselona» Bernardu Silvani transfer qilish uchun ikki futbolchisini sotmoqchi

Hansi Flik portugaliyalik yulduzga jamoada joy boʻshatmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Bernardu Silvani transfer qilish uchun ikki futbolchisini sotmoqchi
FOTO: Getty Images

Yarimhimoyachi Bernardu Silvaning «Barselona»ga oʻtishi bir necha kun davom etishi mumkin, chunki «koʻk-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik tarkibda joy boʻshatmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, Kataloniya klubi koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlishni istayotgan yarim himoyachi Mark Kasadoni sotish niyatida. Shuningdek, «Barselona» qanot hujumchisi Runi Bardjini ijaraga berish variantini ham koʻrib chiqmoqda. Vingerga bir nechta jamoalar daʼvogarlik qilmoqda, biroq «blaugrana» uning ustidan nazoratni yoʻqotishni xohlamaydi.

Silvaning «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Shu bilan birga, yarim himoyachi «koʻk-anorranglilar» La Liganing moliyaviy qoidalariga muvofiq kelishi uchun maoshi kamaytirilishiga ham rozi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting