«Barselona» Bernal bilan shartnomani uzaytirdi
Futbolchi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
Mark Bernal "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Futbolchi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. U klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Joriy mavsumda Bernal "ko‘k-anorranglilar" safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xavbek "Barselona" asosiy jamoasida jami beshta o‘yin o‘tkazgan.
La Liganing 7 turidan so‘ng "Barselona" 19 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist